Loyiha haqida



Qo`shma loyiha haqida
    Tanlov ko`nkursidan o`tgan 11 kasb-hunar kollejlarida o`quvchilarni eng yangi axborot va kommunikatsiya texnalogiyalariga samarali o`qitish tadbiq qilinmoqda.
    Evro`pa kasb hunar ta'limi standartlari Germaniyadagi kasb-hunar ta'lim tajribasiga tayanib va bugungi iqtisodiyotning hususiyatlari va ehtiyojlari hisobga olgan holda O`zbekistonga moslashtirilmoqda.
    Yangi o`quv dasturi bitiruvchilarni keyinchalik ish bilan ta'minlash va ularning muvaffaqiyatli ish faoliyatini olib borishga yo`naltirilgan. shu sababli ushbu o`quv dasturini yaratishda ularga qanday yosh mutahassislar kerakligi to`g`risida amaliy tasavvurga ega bo`lgan potensial ish beruvchilar: davlat korhonalari va hususiy kompaniyalar ishtirok etadilar.
    Har bir kollej ta'lim berish uchun zarur bo`lgan zamonaviy texnikadan boshlab o`quv-uslubiy adabiyotdan eng yangi kompyuter texnalogiyalari bilan ta'minlangan.
    Ta'lim berish texnikasining so`ngi yutuqlari bo`yicha jixozlangan to`rt kompyuter labaratoriyasida va kompyuter tamirlash bo`yicha bitta ustahonada olib boriladi. O`quv sinflari o`zaro kompyuter tarmog`i bilan bog`langan va internetga kirish imkoniyatiga ega. U yerda malaka oshirish va kayta tayyorlashdan o`tgan o`qituchilar yangi o`quv dasturlari va uslublari bo`yicha mashg`ulotlar o`tkizashdi.
    O`quv jarayonining 50 foizini amaliyot tashkil etadi.

Mazkur uch kasb egalari bu kompyute texnikasi va dasturlarini o`rganish, qo`llash va texnik hizmat ko`rsatish bo`yicha barcha standart ishlarni bajarishga qodir, turli yo`nalishlarda chuqur iqtisoslikka ega keng profildagi mutaxassislardir. Va yangiliklardan biri shundan iboratki, talabalarni tayyorlash bozor iqtisodiyoti sharoyitida kasbiy faoliyat yuritish uchun olin boriladi, shu tarzda yosh mutahasislarini iqtisodiy samaradorlik va maqsadga muofirqlikda yo`natirishdi. Bitiruvchilar egallagan iqtisodiy bilimlar ularga shuningdek hususiy tadbirkorlar sifatida mustaqil ishlashga imkon yaratadi.
Ko`llejlar quyidagi uch yo`nalish bo`yicha mutahasislar tayyorlaydi:

Elektron uskunalarning tuzulmasi va sihlash tamoyillarini chuqur o`rnatish shuningdek kompyuter va kommunikatsiya texnikasini tamirlash, yug`ish va texnik hizmat ko`rsatishda ushbu bilimlarni tadbiq etish bo`yicha muntazam amalyot olib borish
C++, Delfi, VisualBasic tillarida dasturlashtirishning yaxshi ko`nikmalarini egallash uchun tubdan tayyorlash.
Kompyuter texnalogiyalari sohasida iqtisodiyot, tadbirkorlik va menejment asoslarini har taraflama o`rgatish.